Ishonchli vakil qo‘shrabotlik saylovchilar bilan uchrashdi

28.09.2021, 16:08

Ishonchli  vakil qo‘shrabotlik saylovchilar bilan uchrashdi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan  O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sh.Mirziyoyevning Samarqand viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Rustam Xolmurodov  Qo‘shrabot tumani “Zarkent”  mahallasida saylovchilar bilan uchrashdi.

Tadbirda ishonchli vakil so‘zga  chiqib, nomzodning tarjimai holi va siyosiy faoliyati haqida gapirdi. O’tgan 5 yilda mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlari haqida to‘xtaldi. Xususan, yurtimizda Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta’lim, sanoat, iqtisodiyot, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida gapirar ekan, nomzodning keyingi 5 yillikka mo‘ljallangan dasturida avvalo inson omili, inson qadrini ulug‘lash eng muhim vazifa qilib belgilanganligini alohida e’tirof etdi.

- Nomzodning Samarqand viloyatini keyingi 5 yillikda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga mo‘ljallangan dasturda, Nurobod, Kattaqo‘rg‘on va Toyloq tumanlarida 400 Megavattli quyosh elektr stansiyalari va kichik GESlar ishga tushirilishi,  “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari davom ettirilishi, 5 yilda markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 64 foizdan 84 foizga, oqova suv tizimi 12 foizdan 35 foizga yetkazilishi, 8 ming kilometrdan ziyod avtomobil yo‘li va ichki ko‘chalar, 270 ta ko‘prikni qurish-ta’mirlash uchun  4 trillion so‘m yo‘naltirilishi hamda kelgusi yildan Kattaqo‘rg‘on, Ishtixon, Payariq va Qo‘shrabot tumanlaridagi 105 ta mahalladagi 400 ming aholi uchun jamoat transporti qatnovi yo‘lga qo‘yilishi eng avvalo halqimizning turmush tarzini yaxshilash, inson qadrini ulug‘lash kabi g‘oyalar bosh maqsad qilingan, - dedi R.Xolmurodov.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar  mamlakatimizda o‘tgan 5 yilda hayotida tub burilish yasagan islohotlar haqida o‘rtoqlashdi. Jumladan, “Zarkent” mahallasida yashovchi tadbirkor Tojihol Tog‘ayeva  yaratilgan shart-sharoitlar bois, bugungi kunda tumanda eng ilg‘or tadbirkorlardan biriga aylangani, fermer xo‘jaligiga raislik qilish borobarida 100 o‘ringa mo‘ljallangan xususiy bog‘cha tashkil etgani, natijada 40 kishini ish bilan ta’minlaganini ta’kidladi va Sh.Mirziyoyevning nomzodini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Tadbirda so‘z chiqqanlar O’zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning dasturi O’zbekistonning jadal rivojlanishiga xizmat qilishini e’tirof etar ekan, kelajak uchun Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashini bildirdilar.

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    239
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+