Ishonchli vakil uchrashuvi tibbiyot, ta’lim xodimlari ishtirokida o‘tkazildi

29.09.2021, 17:00

Ishonchli vakil uchrashuvi tibbiyot, ta’lim xodimlari ishtirokida o‘tkazildi

Ishonchli vakilning navbatdagi uchrashuvi Buxoro tumanidagi  Bolalar musiqa va san’at maktabida tuman sog‘liqni saqlash tizimi va  tumani xalq ta’lim tizimi, maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvni kirish so‘zi bilan ochgan nomzodning ishonchli vakili Samoydin Xusenov so‘zini xalqimizning saylov borasidagi ko‘nikmasini rivojlantirish, saylov kunida har bir kishi o‘z fuqarolik pasporti bilan hududlardagi saylov uchastkalariga borib o‘zi munosib deb bilgan nomzodga ovoz berishini ta’minlash va bu borada targ‘ibot ishlarini olib borish galdagi asosiy vazifa ekanligini bildirdi.

Partiyadan prezidentlikka nomzod  Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tgan davrda xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash tizimida  amalga oshirilgan ishlarga  to‘xtalar ekan, bugun bu ishlarning natijasini faoliyatimizda,  farzandlarimizning erishayotgan muvaffaqiyatlarida ko‘rayotganligimizni ta’kidlab o‘tdi.

Xususan, maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablar sonining oshirilib, mavjudlarining qayta rekonstruksiya qilinganligi, oliy ta’lim muassasalariga qabulning sodddalashtirilganligi, tibbiyot, jumladan, qishloq vrachlik punktlarining zamonaviy texnologiyalar va kadrlar bilan ta’minlanganligi nomzodning har bir sohaga qaratayotgan yuqori darajadagi e’tibori mahsulidir.

Xususan, maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablar sonining oshirilib, mavjudlarining qayta rekonstruksiya qilinganligi, oliy ta’lim muassasalariga qabulning soddalashtirilganligi, tibbiyot, jumladan, qishloq vrachlik punktlarining zamonaviy texnologiyalar va kadrlar bilan ta’minlanganligi nomzodning har bir sohaga qaratayotgan yuqori darajadagi e’tibori mahsulidir.

Uchrashuv davomida so‘zga chiqqan Oliy Majlis Qonunchilika palatasi deputatlari Madina Baratova va Emma Aslonovalar ham nomzodning yurtimizda turli sohalarda qilinayotgan ishlar, xalq bilan ishlash tizimining tubdan isloh qilinishi sabab, bugun xalq vakilining har bir murojaati e’tiborda ekanligi va buning barobarida har bir muammo o‘z o‘rnida yechim topayotganligiga e’tibor qaratishdi. Qolaversa, nomzodning taklif  va tashabbusi sabab deputatlarning doimiy ravishda xalq bilan muloqotda bo‘lib kelayotganligi sabab yechimini kutayotgan ishlar, kamchiliklar o‘z manziliga o‘z vaqtida yetib borayotganligini bildirib, saylovchilarni to‘g‘ri tanlov qilishga chaqirishdi.

Teglar
  • Ko'rildi
    266
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+