Ishonchli vakil Samarqand tumanidagi saylovchilar bilan uchrashdi

02.10.2021, 13:38

Ishonchli vakil Samarqand tumanidagi saylovchilar bilan uchrashdi

O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatidagi Ishonchli vakili Rustam Xolmurodov Samarqand tumanidagi  saylovchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida so‘nggi 5 yilda amalga oshirilgan islohotlar natijasida bir qancha yutuqlarga erishgan yoshlarning fikrlari aks etgan videorolik namoyish etildi.

 Tadbirda Ishonchli vakil so‘zga chiqib, o‘tgan 5 yil davomida yurtimizda ta’lim, tibbiyot, iqtisodiyot, sanoat, qishloq xo‘jaligi, kommunal va ijtimoiy sohalarda  amalga oshirilgan ulkan islohotlar haqida gapirdi.

- Har bir sohaning kaliti ta’lim. Ta’limga e’tibor yo‘q ekan, tibbiyot ham, qishloq ho‘jaligi, iqtisodiyot, tadbirkorlik, qo‘yinki, barcha soha tanazzulga uchraydi. O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev 2016 yil Prezident lavozimiga saylangandan boshlab birinchi navbatda ta’limga e’tibor qaratdi. Bolalarni bog‘cha yoshdan tarbiyalash, maktablarni qurish, ta’mirlash, oliy ta’lim muassasalarini ko‘paytirish bo‘yicha keng qamrovli islohotlarni amalga oshirdi. Qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari mustahkamlandi. Tadbirkorlikka keng yo‘l ochildi. Shuning evaziga xalqimizning yashash sifat darajasi ortdi, - dedi Rustam Xolmurodov.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar, keyingi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy samarasi, O’zbekistondagi  har bir xonadonga kirib borganligini, har bir yurtdoshimiz taqdiriga o‘zgarishlar olib kirganligi e’tirof etdi. Jumladan Samarqand tumanida “Navobod naslli parranda” fermer xo‘jaligi raisi Haydar O’roqov so‘zga chiqib, keyingi yillarda  yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, tadbirkorlik sohasidagi yutuqlari bilan o‘rtoqlashar ekan, 2016 yildan buyon sohani qo‘llab-quvvatlash borasidagi keng ko‘lamli islohotlar bois  fermer xo‘jaligidagi  ishchi o‘rinlari soni 10 barobarga ortganligini ta’kidladi.

Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqanlar, mahallalarga berilayotgan e’tibor, aholi salomatligi, tibbiyot, maktab va maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlardan mamnun ekanligini aytib, Yangi O’zbekistonda boshlangan ulkan islohotlarni davom ettirish uchun Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashga chaqirishdi.

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    751
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+