Ishonchli vakilning manasliklar bilan uchrashuvi ko‘tarinki ruhda o‘tdi

04.10.2021, 16:32

Ishonchli vakilning manasliklar bilan uchrashuvi ko‘tarinki ruhda o‘tdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O’zLiDePdan  ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Bayrambek Uzakov Do‘stlik tumanida joylashgan “Manas” maxalla fuqarolar yig‘ini hududidagi saylovchilar bilan uchrashdi.

2018 yilda butun mamlakatimiz ahlini quvonchga solgan “Obod qishloq” Davlat dasturi aynan “Manas” qishloq fuqarolar yig‘inidan boshlangan edi. Yillar davomida yig‘ilib qolgan muammolar girdobiga tushib qolgan mazkur hudud Dastur davomida amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlaridan keyin qaytadan chiroy ochdi. Ayni paytda mazkur hududda mavjud bo‘lgan  1380 ta oilada 6300 nafardan oshiq aholi istiqomat qiladi.  2 ta zamonaviy maktab, 2 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 1 ta kutubxona, 1 ta sport majmuasi, 1 ta to‘y va tomoshalar majmuasi, 1 ta mahalla guzari, 2 ta dorixona, 5 ta umumiy ovqatlanish shoxobchalari, 30 dan ortiq savdo do‘konlari aholi xizmatida. Hududda 58 ta fermer xo‘jaligi, 75 ta turli xil tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat olib boradi.

Umuman olganda, “Obod qishloq” Davlat dasturi faqat bunyodkorlik va obodonlashtirish jarayoni bilan qolmay, dastlabki navbatda odamlarning turmush sharoitini yaxshilash, ularning bandligini ta’minlab, doimiy daromad manbalarini shakllantirish ishlari hamon davom etmoqda.

Misol uchun, 133 ta xonadon “Temir daftar”ga kiritilgan edi, ayni paytda ulardan 123 tasi ushbu daftardan chiqarildi. “Ayollar daftari”ga kiritilganlarning 56 nafar xotin-qizlardan barchasi, “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar 41 nafar yoshlarning 29 nafari mazkur daftarlardan chiqarildi.

So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasidan bugungi kunda  barcha manasliklar mamnun.

Uchrashuvda qatnashgan barcha manasliklar bugungi o‘tayotgan kunlaridan tuyayotgan sho‘kronalik tuyg‘ularini, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yetkazishga oshiqdilar va partiyadan ko‘rsatilgan nomzodni bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar.

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    250
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+