G’allorolliklar islohotlarning uzviyligini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar

05.10.2021, 16:45

G’allorolliklar islohotlarning uzviyligini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar

Ishonchli vakil, targ‘ibot guruhi a’zolari, mahalliy Kengash deputatlari  va partiya viloyat Kengashi faollarining G’allaorol tumanidagi saylovchilar bilan uchrashuvi tuman Madaniyat uyida boshlandi. Bu yerda keng jamoatchilik va elektorat vakillari, xotin-qizlar va yoshlar bilan bo‘lgan uchrashuv davomida ishonchli vakil yig‘ilganlarni an’anaga muvofiq nomzodning tarjimai holi va Saylovoldi dasturidagi ustivor vazifalar bilan tanishtirdi. Saylovchilarning savollariga batafsil javoblar qaytarildi.

So‘ngra ishonchli vakil targ‘ibot guruhi a’zolari hamrohligida “Sangzor tekstil” to‘qimachilik korxonasiga yo‘l olishdi. Mazkur korxona so‘nggi besh yilda mamlakatimizda sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilgan islohotlar bois hayotimizga kirib kelayotgan o‘zgarishlarning yaqqol misoli bo‘la oladi. Bundan uch-to‘rt yil oldin qarovsiz tashlandiq ahvolda yotgan hududda bugun ko‘zni quvnatadigan zamonaviy korxona faoliyat olib bormoqda.

2019 yilning oxirida ishga tushgan korxonada ayni paytda 200 nafardan oshiq doimiy va 50 nafarga yaqin mavsumiy ishchilar mehnat qilmoqda. Ayni paytda fabrikaning kunlik quvvati 20-25 tonnani, yillik quvvati esa 7500 tonna tashkil qilmoqda. Ishlab chiqarilgan ip-kalava Xitoy, Rossiya, Pokiston, Turkiya va Polsha davlatlariga eksport qilinmoqda.

Uchrashuv davomida korxona ishchi-xodimlari mana shunday zamonaviy korxonada doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘lganlaridan, mamlakat rivojiga o‘z hissalarini qo‘shayotganlaridan mamnunliklarini aytib o‘tdilar hamda partiyadan ko‘rsatilgan nomzod dasturini to‘liq qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar.

Kunning ikkinchi yarmida ishonchli vakil partiya faollari bilan birgalikda tumandagi “Samarqand” va “Sarbozor” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, odamlar bilan yaqindan muloqot qildilar. Ularning turmush sharoitlari, fikrlari bilan qiziqdilar. Uyma-uy yurgan holda saylovchilarga partiyadan O’zbekiston Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodning Saylovoldi dasturidagi ustivor vazifalarni targ‘ibot qildilar va partiyadan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdilar.

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    288
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+