Deputat asakalik pedagog va yoshlar bilan muloqot qildi

11.10.2021, 10:45

Deputat asakalik pedagog va yoshlar bilan muloqot qildi

Xalq deputatlari Asaka tuman kengashi deputati Saydillo Ergashevning tashviqot tadbiri 1-son kasb-maktabida tashkil etildi. Bugunning salohiyatli yoshlari, tajribali pedagoglari ertaning innovatsion ta’lim yutuqlarini yaratuvchilardir. Buni chuqur anglagan deputat ta’lim fidoyilari va yoshlar bilan targ‘ibot-tashviqotni amalga oshirmoqda.

Deputat dastlab partiyadan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodning faoliyati, o‘tgan yillarda olib borgan islohotlari samarasini mamlakat, viloyat, tuman miqyosidagi ulkan o‘zgarishlar misolida qayd etdi.

Saylovoldi dasturning ustuvor yo‘nalishlari batafsil tushuntirildi. Ayniqsa, dasturning “Sifatli ta’lim – inson kapitalini rivojlantirishning hal qiluvchi omili” yo‘nalishi yuzasidan saylovchilarning savollari va qiziqishlari fikr-mulohazalarga ulandi.

Deputatning tashviqot tadbiri tumanning barcha ta’lim muassasalarini qamrab olishi rejalashtirilgan.

Zilola Rahmonova,

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot xizmati rahbari.

  • Ko'rildi
    254
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+