“O’tgan besh yilda tibbiyot oliygohlari o‘quv muddati bir yilga qisqardi”

15.10.2021, 16:41

“O’tgan besh yilda tibbiyot oliygohlari o‘quv muddati bir yilga qisqardi”

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturining ustuvor yo‘nalishlaridan biri “Aholi salomatligi – bebaho boyligimiz” deb nomlanadi. Tibbiyot sohasida amalga oshirilishi belgilangan vazifalar to‘la bayon etilgan mazkur yo‘nalishda qayd etilishicha, sog‘liqni saqlash tizimiga ajratiladigan mablag‘lar 2 barobar oshiriladi. 46 ta tumanlararo perinetal markazlar barpo etiladi. 11 ta tibbiyot oliy ta’lim muassasasi transformatsiya qilinib, ularning qoshida klinikalar tashki etiladi va o‘qituvchilarning xorijda malaka oshirishlari yo‘lga qo‘yiladi.

Mamlakatimizning tibbiyot sohasidagi mazkur o‘zgarishlarini amalga oshirish rejalariga O’zLiDeP nomzodi Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatidagi ishonchli vakili O’ktamjon Axunovning Andijon davlat tibbiyot instituti pedagog va talabalari bilan uchrashuvda alohida to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuvda partiya viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova, partiya Siyosiy Kengashi ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimi Samidillo Mahmudovlar ishtirok etdilar.

Saylovoldi dastur bilan to‘liq tanishib chiqqanini misollar bilan izohlagan oliygoh psixologi O’tkirbek Arziqulov o‘tgan besh yildagi tibbiyot sohasida yaratilgan imkoniyatlarni to‘lqinlanib gapirarkan, ularni dasturda belgilangani bo‘yicha izchil davom etishi soha vakillarini birdek mamnun etganini ta’kidladi. Masalan, shu sohadagi oliy ta’lim muddati bir yilga qisqardi, pedagog-shifokorlar maoshi sezilarli darajada oshirildi.

Qizg‘in fikr-mulohazalar ruhida o‘tgan uchrashuv, ayniqsa, talabalarda katta taassurot qoldirdi.

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    222
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+