O‘zLiDePning bepul tibbiy ko‘riklari – sog‘lom avlodni tarbiyalashda muhim omil
20.02.2018, 17:55
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashabbusi bilan “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida joylarda o‘tkazib kelinayotgan tadbirlar onalik va bolalikni muhofaza qilish, jamiyatda yuksak ma’naviy sog‘lom muhitni qaror toptirishda muhim omil bo‘lmoqda. Bu borada partiya tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar e’tiborga molikdir.
O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan Farg‘ona shahri Sharof Rashidov mahallasida tashkil etilgan tibbik ko‘rikda o‘ndan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, bemorlar uchun zarur bo‘lgan dori-darmon vositalari tarqatildi.
– Bepul tibbiy ko‘riklar Farg‘ona shahar 5-sonli oilaviy poliklinika boshlang‘ich partiya tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etildi, – deydi Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Matluba Mahammedova. – Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi bilin yanada yaqinroq bo‘lish, ularni muammolarini o‘rganish, ayniqsa, ona va bola salomatligini muhofaza qilish orqali sog‘lom avlodni tarbiyalashdan iborat.
Tadbirda xotin-qizlarni qiziqtirgan savollarga malakali mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.
O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati
Kengashi matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Mingdan ortiq shogird tarbiyalagan ishbilarmon Madina Kasimbayeva tanlov g‘olibi bo‘ldi
14.05.2024, 14:07
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
Fikringizni qoldiring