Muammolarning joyida hal etilayotgani odamlarning ertangi kunga ishonchini orttirmoqda

21.02.2018, 10:01

Muammolarning joyida hal etilayotgani odamlarning ertangi kunga ishonchini orttirmoqda

“Gulobod-2” MFYda yashovchi fuqarolar Adhamjon Ahmadjonov hamda Gulzoda Qavayevalar o‘z tomorqasida issiqxona tashkil etib, o‘z biznesini boshlashni ko‘ngliga tukkaniga ancha bo‘ldi. Lekin hozirga qadar fuqarolar o‘z faoliyatini boshlash uchun bankdan imtiyozli kredit ololmay sarson-sargardon edilar.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Namangan viloyat Kengashi tomonidan Kosonsoy tumanidagi “Gulobod-2” MFYda tashkil etilgan ochiq muloqotdan so‘ng esa ularning muammosi hal etiladigan bo‘ldi.  

–Bugungi kunda xalqimizning ishonchi bizga katta ma’suliyat yuklamoqda, – deydi Xalq deputatlar Kosonsoy tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Muhamadxon Akramov. – Endilikda xalq vakili hisoblangan deputatlar zimmasidagi vazifani his qilgan holda aholini o‘ylantirayotgan muammolarni o‘rganib, ularning samarali yechishi, hududlarni rivojlantirishda faol ishtirok etishi va xalq dardi bilan yashashi lozim. Shu bois, bugungi muloqot davomida odamlar bilan yuzma-yuzsuhbatlashib, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishga harakat qildik va bunga erishdik deb o‘ylayman. Aslida muloqotdan pirovard maqsad ham shu edi.

Muloqot yakunida ko‘plab murojaatlar ko‘rib chiqildi. Ularning salmoqli qismi belgilangan tartibda hal etildi. Qolganlarining ijrosi qat’iy deputatlik nazoratiga olindi. 

Yulduz YULDASHEVA,

                                                 O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

Matbuot xizmati rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1201
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+