O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” faoli 24 nafar yoshlar va xotin-qizlarni ishli qildi

10.11.2021, 16:25

O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” faoli 24 nafar yoshlar va xotin-qizlarni ishli qildi

Barchamizga ma’lumki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyoti va taraqqiyotining asosiy bo‘g‘ini hisoblanib, bugungi kunda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yoshlarni tadbirkorlik faoliyatlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida  yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularni har tomonlama qo‘llab-qo‘vvatlash, bandligini taminlash borasida olib borilayotgan ishlar o‘z samarasini bermoqda.

Shunday imkoniyatlardan umunli va oqilona foydalanib kelayotgan yoshlar esa kun sayin ko‘payib bormoqda. Namangan tumanining yosh shijoatli  tadbirkorlaridan biri Sobirov Begzod “Toshbuloq textil” ishlab chiqarish korxonasini ochdi. Korxonada 24 nafar “Yoshlar” hamda “Ayollar” daftaridagi opa singillarimizning  bandligi taminlandi. Mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan bunday imkoniyatlar haqiqatda tahsinga loyiqdir. Yosh tadbirkor Sobirov Begzod ham bunday sharoitlar yaratib berilayotganligi va bu imkoniyatlardan oqilona foydalanib, vatanimiz ravnaqi uchun o‘z hissasini qo‘shishini, yurtimiz rivoji, aholi bandligini ta’minlash uchun bor imkoniyatlarini ishga solishini aytib o‘tdi.

  • Ko'rildi
    236
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+