Oltinko‘llik saylovchi nima uchun deputatdan mamnun?

11.11.2021, 10:51

Oltinko‘llik saylovchi nima uchun deputatdan mamnun?

Salimjon Topvoldiyev Oltinko‘l tumani, “Katta Oqtepa” mahallasida istiqomat qiladi. Imkoniyati cheklangani qaramay, oila tebratishga qo‘lidan kelganicha harakat qiladi. Oyoqlaridagi harakatsizlikdan aziyat cheksa-da, nolishni xushlamaydi. Halol qo‘l mehnatidan topgani ro‘zg‘or tebratishga yetyapti xolos.

Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Ulug‘bek Qosimovning mazkur hududdagi o‘rganishlari asnosida saylovchining yashash sharoiti, muammolari yuzaga chiqdi. Agar fuqaroga nogironlik aravachasi olinsa, uning daromad topish, mahallaga birovning suyanchig‘isiz chiqish imkoniyatlari kengayarkan.

Deputat tomonidan dastlab mahalladagi ehtiyojmand oilalar qatori S.Topvoldiyev xonadoniga ham oziq-ovqat mahsulotlari berildi. So‘ngra tez kunda saylovchiga nogironlik aravachasi ham hadya qilindi.

Qimmatoy Ashqulova,

O’zLiDeP Oltinko‘l tuman Kengashi ijrochi kotibi

  • Ko'rildi
    312
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+