“Yashil makon” umummilliy loyihasida O’zLiDeP deputatlari ham faol ishtirok etmoqda

12.11.2021, 16:35

“Yashil makon” umummilliy  loyihasida  O’zLiDeP deputatlari ham faol ishtirok etmoqda

Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilinib, 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik” e’lon qilingan edi.  Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda boshlangan va ayni kunlarda qizg‘in tusga kirgan "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirishda O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi  tuman va  shahar Kengashlari, deputatlar va  partiya faollari ham o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Ushbu xayrli tashabbus  doirasida hududlar turli chiqindilardan tozalanib mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazilayapti.

Ushbu hayrli ishlarda Xalq deputatlari Taxtako‘pir, Taxiyatosh, Muynoq tuman  Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari ham faollik ko‘rsatmoqdalar.  Mazkur loyiha doirasida daraxt ekish aksiyasi shahrimiz ekologiyasini tozalash bilan birga atrof-muhitni sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  

Kengashi  matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    811
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+