Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 29 yilligi keng nishonlanmoqda
09.12.2021, 09:42
Shu kunlarda barchamiz tinch va farovon hayotimizning muhim kafolati hamda mustahkam huquqiy poydevori bo‘lgan Bosh qomusimiz – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘qqiz yilligini ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlamoqdamiz.
Har qanday davlatning yuzi, obro‘ - e’tibori uning Konstitutsiyasi bilan belgilanadi. Zotan, Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan bosh Qonundir.
Bugun partiya Urganch shahar Kengashi tashabbusi bilan partiya viloyat Kengashida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida aynan yuqoridagi fikrlar ta’kidlab o‘tildi.
Tadbirga Urganch shahridagi eng yirik BPT vakillari taklif etildi.
Partiya viloyat Kengashi apparat rahbari Sh.Atajanov yig‘ilganlarni bayram bilan qutlar ekan, o‘tgan davr mobaynida xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkuri, aql-zakovatining ko‘zgusi bo‘lmish Konstitutsiyamizning hayotiy negizi naqadar mustahkam ekanligiga, u xalqaro talablarga har tomonlama mos kelishini ta’kidladi.
Tadbir davomida o‘z faoliyati davomida insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinligini himoya qilish yo‘lidagi samarali mehnatlari uchun bir guruh partiya faollari tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
G’ofurjon Egamov,
Urganch shahar Kengashidagi
O'zLiDeP deputatlik guruhi ijrochi kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
Fikringizni qoldiring