Samarqandlik talaba yoshlarning muammo va takliflari tinglandi

16.12.2021, 15:37

Samarqandlik talaba yoshlarning muammo va takliflari tinglandi

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” tomonidan Samarqand shahridagi faol yoshlar ishtirokida amaliy muloqot tashkil etildi.

Tadbirda yoshlarga O’zLiDePning, xususan partiya qoshidagi “Yoshlar qanoti” faoliyati haqida, shuningdek partiyaning yoshlar yo‘nalishida amalga oshirilib kelinayotgan loyihalari haqida ma’lumotlar berildi.

Partiya viloyat Kengashi bo‘lim mudiri J. Xujamqulov tadbir ishtirokchilariga O’zLiDePning “Yangi avlod kadrlari” loyihasi to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. Ushbu loyiha partiya tomonidan 2018 yildan buyon o‘tkazilib kelinmoqda. Viloyatning barcha oliy o‘quv yurtlaridan faol yoshlar hisobiga partiyaning yangi avlod kadrlari shakllantirib borilmoqda.

Muloqot jarayonida talaba yoshlar o‘zlarining muammo va takliflarini bildirib o‘tishdi. Faol yoshlar partiya safiga qabul qilindi.                                                                     

Qodir Shoyimov,

 O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    200
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+