Deputatlar qo‘ng‘irotlik yoshlar bilan uchrashdi

20.12.2021, 15:57

Deputatlar qo‘ng‘irotlik yoshlar bilan uchrashdi

Qo‘ng‘irot tumanida “Deputat va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot tashkil qilindi. Dastaval deputatlar faoliyatlari davomida olib borayotgan ishlari, bu borada yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan vazifalar, deputatning huquq va majburiyatlari, ularning vakolati bo‘yicha  fikrlar yuritildi. 

Muloqotda davlatimiz rahbarining “Yangi O’zbekiston strategiyasi” kitobida yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularni “Yangi O’zbekiston – Uchinchi Renessans sari” shiori atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni samarali  va tizimli tashkil etish kerakligi qayd qilingan.

Deputatlar qo‘ng‘irotlik yoshlar bilan muloqot jarayonida tumandagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.  Deputatlar maktab faoliyati  bilan yaqindan tanishar ekan, u yerdagi bolalar bilan ham o‘rtoqlashdi, ularning  fikr va takliflarini tingladi. 

Tadbirda shuningdek,  yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlash, ular uchun munosib sharoitlar yaratish, zamonaviy bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishlarini ta’minlash, ularning ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasi bo‘yicha ham fikr-mulohozalar qilindi.  

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    284
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+