“Gulchilik asosiy daromad manbaimga aylandi” – Paxtachida tomorqadan pul topish sirlari o‘rgatildi

20.12.2021, 16:47

“Gulchilik asosiy daromad manbaimga aylandi” – Paxtachida tomorqadan pul topish sirlari o‘rgatildi

O’zLiDeP Paxtachi tuman Kengashi tomonidan tumandagi “Jaxonobod” mahallasida “Namunali tomorqachi”  loyihasi doirasida tomorqachilikning gulchilik sohasini yo‘lga qo‘ygan tajribali ayollar bilan hamkorlikda mahorat - darslari tashkil qilindi.

- Seminardan ko‘zlangan maqsad “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da turuvchilarga ushbu soha orqali daromad topish va ish bilan ta’minlashni o‘rgatishdan iborat, - deydi O’zLiDeP Paxtachi tuman Kengashi apparat rahbari R.Bobojonov.

- Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganlarga bugun judayam keng imkoniyatlar yaratilgan desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Gulchilik ham tadbirkorlikning eng foyda keltiradigan turiga kiradi. Bu sohaga qiziqishim aslida yoshligimdan boshlangan. Gullarni yaxshi ko‘rganim uchunmi uyda, hovlida doim rang-barang gullarni ekib yaqinlarimga ulashardim.  Gullarga qancha mehr ko‘rsatsang, kundan-kun yashnab boraverarkan. Avvaliga oddiy qiziqish bo‘lib tuyulgan bu mashg‘ulot endilikda asosiy daromad manbaimga aylandi. Mana, olti yildan beri gullarimni bozorga olib chiqib, yaxshi daromad olyapman, - deydi Jaxonobodlik gulchi Muxabbat opa Rajabova.                                                                                                       

Marhabo Chuliyeva,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    857
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+