O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” zafarobodlik yosh tadbirkor muammosini joyida hal etishda faollik ko‘rsatdi

24.02.2018, 14:35

O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” zafarobodlik yosh tadbirkor muammosini joyida hal etishda faollik ko‘rsatdi

O‘zLiDeP Zafarobod tuman Kengashi “Yoshlar qanoti” guruhi tomonidan “Davlatning ustuvor siyosati – yoshlar ma’naviyati va tarbiyasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida Prezidentimizning 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishi to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi. Qarorda belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda yangi avlod vakillarini huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish jarayoniga yanada kengroq jalb etish, kelajagimiz vorislariga kasbiy, ijodiy va mansab pillapoyalaridan o‘sishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, Davlat dasturlari ijrosini ta’minlashda yoshlar faolligini oshirish masalalari to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan  o‘z bizneslarini qanday boshlash kerakligi, tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan ayrim muammolar borasida fikr bildirishdi.

Yakka tartibdagi tadbirkor Umida Rahmonovaning tikuvchilik sexi uchun tuman markazidan joy ajratilishi borasida so‘ragan amaliy yordami Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Z.Amanov tomonidan ijobiy hal etildi. Deputat ko‘magida Umida Rahmonovaga tikuvchilik sexi faoliyatini yuritish uchun tumandagi Birlik qishloq fuqarolar yig‘ini hududida yangi qurilib foydalanishga topshirilgan Maishiy xizmat uyidan bitta alohida xona beriladigan bo‘ldi.

Tadbir so‘ngida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi hamda partiya maqsad-muddaolarini o‘rgangan, uning g‘oyalariga hayrixohlik bildirgan 5 nafar yoshlarga partiya a’zolik guvohnomalari topshirildi.

Olim Norjigitov

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar bilan ilash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1375
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+