Namanganlik deputat Olimxon Babaxanov va G’iyosiddin Babaxanovlardan saylovchilar mamnun bo‘lmoqda

06.01.2022, 10:51

Namanganlik deputat Olimxon Babaxanov va G’iyosiddin Babaxanovlardan saylovchilar mamnun bo‘lmoqda

Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari Olimxon Babaxanov va G’iyosiddin Babaxanovlar tomonidan saylovoldi dasturi ijrosini ta’minlash, ayniqsa xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida qator ijobiy ishlarni amalga oshirdi. Xususan, 2021 yil davomida tashkil etilgan deputatlik qabuli va o‘tkazilgan uchrashuvlarda 207 ta murojaatlar bildirildi. Ularning 105 tasi joyida hal etildi. 64 ta murojaatni hal etishga amaliy yordam ko‘rsatildi. 27 tasi bo‘yicha huquqiy maslahat, tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Davlat tashkilotlari va idorlalariga tegishli bo‘lgan murojaatlar yuzasidan 11 ta deputatlik so‘rovi yuborilib, 8 tasi ijrosi ta’minlanib, 3 tasining ijrosi nazoratga olindi. 

Shundan Namangan shahrining “Gulpora” va “Sumalak guzari” mahallasining Yigchi, Baliqchi va Sumalak ko‘chalaridagi 450 metr suv tarmog‘i deputatlarning beg‘araz xomiylik yordami asosida yangilanib natijada 87 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan yana to‘liq ta’minlandi. 

Aholi murojaatlari bo‘yicha hokimlik va yo‘l qurilishi tashkilotiga kiritilgan deputatlik so‘rovlari asosida 2021 yil manzilli dasturi asosida Sohibkor, A.Temur, Chinor, Chorsu, G’ishtko‘prik, Sumalak guzari, Sharshara va Madaniy mahallalari hududidagi 26,2 kilometr avtomobil yo‘llari va ichki ko‘chalar kapital ta’mirlandi. 

Namangan shahri hududidagi ehtiyojmand xonadonlar vakillari tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida fuqaro N.Ikramovaga 1 tonna ko‘mir, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar M.Mamadaliyevaga uy tomini yopish uchun 50 dona shifer, X.Mamatxo‘jayevaga uy-joy qurish uchun 20 mln. so‘m mablag‘ va 450 dona beton g‘isht, fuqaro Z.Saidbayevaga 2 xona uyi starapilasi uchun reyka, J.Boymatovga 2 xona uyga eshik deraza va pol uchun DSP, fuqaro G.Soliyevaga 17 metr devor uchun 520 dona beton g‘isht mahsulotlari homiylik asosida olib berildi.

Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlashga ko‘maklashish maqsadida xonadonma-xonadon yurib, o‘tkazilgan uchrashuvlarda onkologik, nevrologik, suyak yemirilishi, jigar tserrozi, ko‘z, bel grijasi, insult kasalligi bilan bir necha yildan buyon yotib qolgan bemorlar hamda davolanish uchun moddiy jihatdan qiynalayotgan 22 nafar fuqarolar aniqlanib, ularga davolanish va dori-darmon sotib olish uchun 30 mln. so‘mlik homiylik mablag‘lari berildi.

Mahallalarda istiqomat qilayotgan 800 nafardan ortiq keksa-nuroniylar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, bir necha yildan buyon yotib qolgan bemorlar va ehtiyojmand oilalar vakillari holidan habar olinib, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlandi.

  • Ko'rildi
    394
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+