Vatan himoyasi – muqaddas burch!
11.01.2022, 16:30
Vatan himoyachilari kuni oldidan o‘tkazilayotgan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida joylarda tashkil etilayotgan turli tadbirlar yurtdoshlarimizni vatanparvarlikka chorlash barobarida tinchligimiz va osuda osmonimiz qadriga yetishga undamoqda.
14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati “Vatanim - O’zbekistonim sarhadlaring jonimdan aziz, har qarich yering nomusim orimdan aziz!” shiori ostida Xalq deputatlari Yangiariq tuman kengashi tomonidan tumandagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda tuman Kengashi deputati Xushnud Egamberdiyev va tuman kengashi qoshida tashkil qilingan faxriylar kengashi faoli Islomboy Ruzmetovlar ishtirok etishdi.
Tadbirda ishtirokchilar vatanparvarlik, yurtga fidoyilik fazilatlarini shakllantirishda buyuk ajdodlarimizning matonati hayotiy ibratga aylanganini e’tirof etishdi. To‘maris, Shiroq, Spitamen kabi xalq qahramonlarining mardligi, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi jahonni mangu hayratga solgan ajdodlarimizning hayoti va tarixiy qahramonliklari haqida to‘xtalib o‘tishdi.
Tadbir qatnashchilari mamlakatimizning Qurolli Kuchlari tizimida bugungi kunda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, ma’naviy-ma’rifiy masalalarga qaratilayotgan yuksak e’tibor va uning ahamiyatini aniq misollar asosida tushuntirib, yoshlar o‘rtasida harbiy bo‘lishga intilish-ishtiyoq ortayotganiga e’tibor qaratishdi.
Nasiba Vaisova,
O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi
Jamoatchilik bilan aloqalar va
mafkuraviy targ‘ibot bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
Fikringizni qoldiring