Farmon loyihasi quyi bo‘g‘inlarda ham muhokama qilinmoqda
13.01.2022, 11:22

Bugungi kunda partiyaning boshlang‘ich tashkilotlari aholi muammolarini o‘rganish, partiya elektorati bo‘lgan tadbirkorlarning murojaatlarini partiya deputatlik guruhlari orqali ijobiy yechim topishda, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinayotgan Farmon, Qaror, farmoyishlar targ‘ibotiga qaratilgan turli davra suhbatlari hamda partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini aholi orasida keng targ‘ib qilishda katta tashabbus ko‘rsatmoqda.
Jumladan, O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tashabbusi bilan Izboskan tumanida joylashgan Andijon viloyat FTIZIATRIYa klinik shifoxonasi qoshidagi partiyaning quyi bo‘g‘inida “Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi muhokamasi yuzasidan dara suhbati tashkil qilindi.
Unda partiya viloyat Kengashi mas’ul xodimlari, xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, BPT raislari ishtirok etdilar.
–Farmon loyihasi yurtdoshlarimiz tomonidan yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlanib, har birimizni faollikka, jonbozlik ko‘rsatib mehnat qilishga undashi tabiiy, – deydi O‘zLiDeR Izboskan tuman Kengashi raisi Elyorbek Nurmatov. – Mazkur farmonda xalqimizga munosib hayot barpo etish yo‘lidagi ezgu tashabbuslar barchamizga yangi g‘oyalar berdi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, unda ilgari surilgan yettita yo‘nalishdagi g‘oyalar yurtimizni yanada rivojlantirish va inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan.
Tadbirda taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda partiyaning eng quyi bo‘g‘ini faol va tashabbuskor bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.
Xasanboy Tilavoldiyev,
O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi
BPTlar bilan ishlash guruhi rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Karmanalik 103 yoshli onaxon partiya a’zosi bo‘ldi
11.05.2022, 15:20
-
Tibbiyot xodimlarining 12 nafari partiya safiga qo‘shildi
07.05.2022, 14:47
-
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi qoshidagi BPT faoliyati sarhisob qilindi
27.04.2022, 16:17
-
Qiziltepada faoliyat boshlagan uy bog‘chada BPT tashkil qilindi
25.04.2022, 15:20
-
Targ‘ibot natijasida korxonaning 50 nafar ishchi xodimlari partiyaga a’zo bo‘ldi
21.04.2022, 14:46
Fikringizni qoldiring