O`zLiDeP “Ayollar qanoti” Qurolli Kuchlar akademiyasi ofitserlari va tinglovchilarini bayram bilan tabrikladi

14.01.2022, 10:11

O`zLiDeP “Ayollar qanoti” Qurolli Kuchlar akademiyasi ofitserlari va tinglovchilarini bayram bilan tabrikladi

O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, Toshkent shahar Kengashi Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish bo‘limi hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi hamkorlikda Qurolli kuchlarning 30 yilligi munosabati bilan “Milliy armiyamiz - yangi O’zbekiston tayanchi, mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir”mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi binosida tashkil qilindi.

Ma’lumki, Vatan himoyasi barcha fuqaro, eng avvalo o‘zini shu yurt farzandi deb bilgan har bir inson uchun yuksak faxr, benazir iftixor bo‘lgan. Yurt himoyasi tarixning turli davrlarida barcha davlat va elatlarning mard, jasur o‘g‘lonlari uchun muqaddas vazifa hisoblangan. Davlatning mudofaa funksiyasi har bir mamlakatda asosiy faoliyat yo‘nalishlari qatoridan joy olish bilan birga, davlat butunligini saqlashi uchun yurt farovonligini ta’minlash maqsadida o‘z hududlari chegaralarini mustahkamlashga katta e’tibor qaratganlar.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi Nigora Kutlimuratova, Xalqaro ishlar va parlametlararo aloqalar qo‘mitasi a’zosi  Feruza Nigmatova, O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar akademiyasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Alisher Ergashev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimlari va harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 30 yilligi munosabati bilan barcha yig‘ilganlarni tabriklab, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining  Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan Prezidentimizning “Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Tadbir juda qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda harbiylarimiz o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.

O`zLiDeP “Ayollar qanoti” Qurolli Kuchlar akademiyasi ofitserlari va tinglovchilarini bayram bilan tabriklab, partiyaning tashakurnomasi taqdim qildi.

Umida Marupova,

 O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi

Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni

va mavqeini oshirish bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    754
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+