Deputat sharofati bilan Parkatliklar xonadonlarida chiroq o‘chmaydigan bo‘ldi

24.01.2022, 15:58

Deputat sharofati bilan Parkatliklar xonadonlarida chiroq o‘chmaydigan bo‘ldi

Yangiobod Jizzax viloyatining chekka tumanlaridan biri hisoblanadi. Xalq deputatlari tuman Kengashida faoliyat olib borayotgan 9 nafar O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari tumanda aholini qiynab kelayotgan ko‘plab muammolarga partiyaviy vositalar bilan yechim topib, elning rahmatini olmoqdalar.

Tumandagi Balandchaqir mahalla fuqarolar yig‘inidagi Parkat ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholi bir necha yillardan buyon elektr energiyasi ta’minotidan qiynalib kelayotgan edilar.

Tumandagi faol maslakdosh dupatimiz Ulug‘bek Bekmurodov sa’y -harakatlari bilan nihoyat ushbu muammoga yechim topildi. Ko‘chaga yangi transformator o‘rnatildi. Endi har qanday ob-havo injiqlariga qaramay Parkatliklar xonadonlarida chiroq o‘chmaydigan bo‘ldi.

      Sodiqjon Boboyev,

O‘zLiDeP Yangiobod tuman bo‘limi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    251
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+