Deputat mahallabay va xonadonbay yurib saylovchilar muammolarini hal qilyapti

02.02.2022, 17:08

Deputat mahallabay va xonadonbay yurib saylovchilar muammolarini hal qilyapti

Xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi G’ulomjon Matmuratov o‘zi saylangan hududdagi     saylovchilarning muammolarini bartaraf etishda tashabbus ko‘rsatib kelmoqda.  

Jumladan,  Xo‘jayli tumani agroiqtisodiyot ko‘p tarmoqli texnikumi sport zalida tashkillashtirilgan sportning taekvando turi bo‘yicha  tugarakga mahalla hududidagi yosh sportchilar uchun o‘z hisobidan 10 million so‘mga sport matrasini olib berishda homiylik  qildi.

Bundan  tashqari  deputatning yordami bilan “Murtazabiy” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro Gao‘har  Babajanovaga uyida    o‘zini o‘zi band qilish maqsadida  tikuv mashinasi hadya qilindi. 

Xalq vakilining xonadonma-xonadon yurib, saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqoti jarayonida “Payizli” ko‘chasidagi elektr stolbalarini yangisiga almashtirish bo‘yicha murojaati o‘rganib chiqildi va deputatlik vakolati doirasida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovnomalar yuborib, nazoratga oladigan bo‘ldi. 

Xalq vakili “Murtazabiy” mahalla fuqarolar yig‘inida ham o‘z saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Xalq qabulxonalari va Bosh vazir qabulxonalari tuman bo‘limi boshliqlari, tuman kengashi deputatlari, mahalladagi hokim yordamchilari va mahalla fuqarolari ishtirok etdi.  

Uchrashuvda xalq vakili mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida olib borilayotgan tub islohotlar, ayniqsa  yettita ustuvor yo‘nalish va 100 ta maqsaddan iborat bo‘lgan Taraqqiyot strategiyasining barcha yo‘nalishlari aholi farovonligi, inson qadrini ulug‘lash g‘oyasi mujassam etilgan bo‘lib, unda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, sud-huquq,  iqtisodiyot,  qishloq  xo‘jaligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, tashqi siyosat borasida qator yangi marralarni zabt etish ko‘zda tutilganligi alohida  qayd qilindi. 

Xalq  vakili  saylovchilar bilan uchrashuvi davomida ularning muammo taklif va fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ko‘tarilgan muammolarning aksariyati joyida hal qilingan bo‘lsa, vaqt talab etadigan ayrim murojaatlar tegishli tashkilotlar bilan qonun doirasida o‘rganib chiqishga va nazoratga olishga kelishib olindi. 

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    233
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+