“Taraqqiyot streategiyasi: “Yoshlar – yangi O’zbekiston bunyodkorlari” deb nomlangan davra suhbati tashkil etildi

03.02.2022, 16:58

“Taraqqiyot streategiyasi: “Yoshlar – yangi O’zbekiston  bunyodkorlari” deb nomlangan davra suhbati tashkil etildi

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan “Taraqqiyot streategiyasi: Yoshlar – Yangi O’zbekiston bunyodkorlari”, deb nomlangan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda partiya viloyat Kengashi faollari, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik gurhi a’zolari va partiya istiqbolli kadrlar zahirasiga kiritilgan yoshlar ishtirok etishdi.

So‘z olgan partiya vakillari 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan yaqin va o‘rta istiqbolda mamlakatimizning rivojlanish tendensiyalari qanday bo‘lishi, bu boradagi ustuvor vazifalar haqida yig‘ilganlarga batafsil ma’lumot berib o‘tar ekan, “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil asosida islohotlarning uzviyligi va davomiyligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidlab o‘tdi.

So‘ngra muloqotda ishtirok etgan davra suhbati qatnashchilari, belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashda partiya faollari, shu jumladan yoshlar zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklashini aytib o‘tdilar.

Davra suhbati davomida, aytilgan fikr va mulohazalar, bildirilgan takliflar asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar va ularda maslakdoshlarimizning faolligini oshirishga kelishib olindi.

Dilshod Tursunboyev,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

bo‘limi mudiri

 

  • Ko'rildi
    390
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+