Manasda O‘zLiDeP faoli ko‘magida issiqxona tashkil etildi

28.02.2018, 18:52

Manasda O‘zLiDeP faoli ko‘magida issiqxona tashkil etildi

Bugun yurtimizda aholining tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqish yanada kuchaydi. Boisi, so‘nggi paytlarda ko‘plab me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, biznes faoliyatini boshlash istagidagi kishilar tashabbusi har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda, ishbilarmonlarga qo‘shimcha imtiyoz va yengilliklar berilmoqda.

Tomorqadan unumli foydalanish masalasi O‘zLiDePning ham diqqat markazidagi masalalardan biri. Bu borada gap ketganda, “O‘zLiDeP o‘z tomorqasida faoliyat boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasini eslab o‘tish joiz. Boisi mazkur loyiha doirasida so‘nggi  paytlarda ko‘plab fuqarolar o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishdi.

Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi “Manas” QFYda yashovchi Abdurashid Sulaymonov ham shulardan biri. Anchadan buyon tadbirkorlik faoliyatini boshlashga qiynalib kelayotgan bo‘lajak tadbirkor partiya ko‘magi bilan nihoyat o‘z orzusiga erishdi.

–Endi issiqxonamizda pomidor, bodring, sabzavot va ko‘katlar yetishtiramiz, – deydi A.Sulaymonov. – Tomorqamizda yetishtirilayotgan ne’matlarni ro‘zg‘ordan orttirib, bozorga ham chiqarish niyatimiz bor. Eng muhimi, endi ko‘ngil xotirjam. Issiqxonada yetishtirilgan mahsulotlarimizni yaqin kunlarda sotishni yo‘lga qo‘yamiz. Buning uchun O‘zLiDeP faollaridan judayam minnatdorman.

­Ta’kidlash kerakki, mazkur loyiha minglab yoshlarni ish bilan ta’minlamoqda, aholining turmush faravonligini oshirmoqda. Muhimi aholi bundan mamnun.

Xolbek ASATOV,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

BPT bilan ishlash

guruxi rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1737
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+