Partiya a’zolari safi tadbirkorlar bilan kengaymoqda

11.02.2022, 17:19

Partiya a’zolari safi tadbirkorlar bilan kengaymoqda

Bugungi kunda yurtimizda xizmat ko‘rsatish sohasini yanada rivojlantirish orqali uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini keskin oshirish, aholini ish bilan ta’minlash, kishilarning real daromadlarini ko‘paytirish, aholi barcha qatlamlarining turmush farovonligini yaxshilash masadida keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

O'zLiDeP Toyloq tuman Kengashi faollari tumandagi Bog‘ichinor mahallasida qurib foydalanishga topshirilgan “Milano garden plaza” mehmonxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Tadbirkor Jamshed Rashidov tomonidan 3,8 millard so‘m mablag‘ evaziga qurilgan mazkur mehmonxona tumanda yagona sifatli xizmat ko‘rsatish majmuasi hisoblanadi.

Toyloqda turizmni rivojlantirish, sayyoh va mehmonlar uchun qulaylik yaratish maqsadida qurilgan  mehmonxona binosi 4 qavatdan iborat bo‘lib, 25 o‘ringa mo‘ljallangan,  11 ta yotoqxona, 1 ta restoran 1 ta bar hamda usti yopiq basseyn o‘rin olgan. 11 sotix maydonda bunyod etilgan inshoot jahon andozalari darajasida jihozlangan. Mehmonxonaga zamonaviy isitish va sovitish tizimlari o‘rnatilgan. 5 ta ishchi o‘rni yaratilgan.

Partiya faollari mehmonxona bilan tanishib, uy yerda faoliyat yuritayotgan ishchi xodimlarga partiya maqsad vazifalari haqida tushunchalar berishdi va ishchi xodimlarni partiya a’zoligiga qabul qilib, partiya boshlang‘ich tashkilotini tuzishga kelishib oldilar.

Kamola Axmedjanova,

O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

BPT lar bilan ishlash guruhi rahbari

  • Ko'rildi
    400
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+