Bo‘kada partiya faoli bo‘lgan fermer BPT tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi

24.02.2022, 15:37

Bo‘kada partiya faoli bo‘lgan fermer BPT tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi

Ma’lumki, BPTlar partiya g‘oyalarini targ‘ib qilishda, uning dasturiy maqsadlarini ommalashtirishda quyi tayanch tuzilma hisoblanadi.

Bo‘kadagi “Bo‘ston” fermerlar uyushmasi hududida joylashgan “Sardor Bo‘ka” fermer xo‘jaligida partiya faoli Abulfazl Xafizov tashabbusi bilan mana shunday tayanch bo‘g‘inlardan biri tashkil qilindi.

Ilg‘or, tashabbuskor va tajribali fermer Abulfazl Xafizov rahbarligidagi paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan xo‘jalikning partiyaga xayrixoh bo‘lgan 30 nafar ishchi xodimlari partiya a’zoligiga qabul qilindi.

Abulfazl Xafizov, “Sardor Bo‘ka” fermer xo‘jaligi rahbari, BPT raisi:

- “O’zLiDeP fermer va dehqon xo‘jaliklarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qishloqda haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirish bo‘yicha qilinayotgan sa’y-harakatlarni  doimo qo‘llab-quvvatlagan va uni amalga oshirishda faol ishtirok etib kelmoqda. Negaki, qishloq xo‘jaligini isloh qilish muammolarini hal qilmay turib, umuman iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli davom ettirib bo‘lmaydi.

O’zLiDeP ning fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun huquqiy asoslarni va zarur shart-sharoitlarni takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ularning yetakchi kuchga aylanishi  tarafdori bo‘lgani uchun ham mazkur partiya atrofida birlashishni lozim topdik.

Shu munosabat bilan bugun fermer xo‘jaligimizda partiyaning boshlang‘ich tuzilmasini tashkil etdik.

Kelgusida yurtimizda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, partiya saflarida jipslashib, uning hayotbaxsh dasturiy g‘oya va maqsadlarini hayotga tatbiq etish, targ‘ib qilish ishlarida kamarbasta bo‘lamiz”.

 BPT ning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar bugun mamlakatda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari qo‘lab-quvvatlanib, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini ta’minlash tobora yaxshilanayotgani natijasida dehqonlarning o‘z daromadlarini oshirishga munosabati tubdan o‘zgarayotganini alohida qayd etishdi.

                                 Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    301
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+