Deputatlar payariqlik tadbirkorlarning murojaatlarini hal qildi

28.02.2022, 16:50

Deputatlar payariqlik tadbirkorlarning murojaatlarini hal qildi

Payariq tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari "Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti" forumini tashkil etdi.

Tadbirkorlar va o‘z tadbirkorligini boshlash istagidagi fuqarolarning 20 dan ortiq murojaatlari qabul qilindi.

Murojaatlarning aksariyati joyida o‘z yechimini topdi. Xususan, “Manobot” mahallasida istiqomat qiluvchi Olimjon Komilov o‘zining 25 sotix tomorqasidan 10 sotig‘ini baliq xona qilish uchun kredit olib berishda amaliy yordam so‘radi. Mazkur masala ijrosi yuzasidan Xalq bankidan imtiyozli kredit ajratiladigan bo‘ldi.

“Manobot” mahallasidan Nazokat Tursunova ish so‘rab murojaat qildi, tuman bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan 91-maktabda bo‘sh ish o‘rniga taklif qilindi.

Taraqqiyot mahallasidan Mohigul Raxmonova qizining o‘qishi uchun ta’lim kridetini olishda yordam so‘radi, mazkur masala ijobiy hal qilinadigan bo‘ldi, Agrobank tuman bo‘limi tomonidan ta’lim krediti chiqariladigan bo‘ldi.

“Do‘slarobot” mahallasidan Shaxnoza Hasanova Go‘zallik saloni ochishda amaliy yordam so‘radi. Mazkur masalaga deputatlar tomonidan amaliy yordam qilinadigan bo‘ldi.

Mazkur murojaatlarning aksariyat qismiga joyida yechim topilishiga alohida e’tibor qaratildi va nazoratga olindi. Ba’zi muammoli masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqariladigan bo‘ldi.

Nodir To‘rayev,

O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    524
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+