“Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida mahorat darsi tashkil etildi

02.03.2022, 17:14

“Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida mahorat darsi tashkil etildi

Buxoro shahridagi “Zamin Madad Tayyorlov savdo” MChJ rahbari, “Ayollar qanoti” faoli M.Sodiqova tomonidan Buxoro Davlat tibbiyot instituti qoshidagi litseyda “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida “Tadbirkorlikda yuqori natijaga erishishning asosiy omillari” mavzusida litsey talaba qizlari hamda o‘qituvchilari ishtirokida  davra suhbati  tashkil etildi.

Tadbirda ishtirokchilarga O’zLiDePning dasturiy maqsad va vazifalari, partiya “Ayollar qanoti” loyihalari to‘g‘risida batafsil tushuncha berildi.

Ayniqsa ishsiz, uyda o‘tirgan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularning bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbaiga ega qilish, tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlariga ko‘maklashish va sohaga  keng jalb qilishda “Ayollar qanoti”  loyihalarining  ahamiyati katta ekanligi ta’kidlandi.

Ishtirokchilariga biznes soxasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishga qaratilgan hamda M.Sodiqovaning tadbirkorlikda erishgan yutuqlarini targ‘ib qiluvchi videorolik namoyish etildi.

Tadbir so‘ngida tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha mahorat darsi tashkil etdi.

  • Ko'rildi
    303
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+