Deputat sayyor qabulida aholi muammolari ijobiy yechim topdi

15.03.2022, 16:12

Deputat sayyor qabulida aholi muammolari ijobiy yechim topdi

O’zLiDeP Namangan viloyati Kengashi tashabbusi bilan Kosonsoy tumani 21-O’zbekiston saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati Axmedov Zoirxon tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish yuzasidan sayyor qabul tashkil etildi.

Qabulda 31 nafar Qorasuv hamda Jar mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi ishtirok etdi. Aholi murojaatlaridan 7 nafari ishsizlik muammosi bo‘lib, tuman BKM tomonidan ish o‘rinlari taklif etildi. 2 nafariga subsidiya asosida ipoteka kreditlari yo‘nalishlari tushuntirildi. Bir nafar Qorasuv mahallasi Gulzor ko‘chasi aholisining gaz, suv, elektr tarmog‘ini tortilishi masalasi yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.

Shuningdek, qabuldan so‘ng Qorasuv hamda Jar mahalla yoshlari o‘rtasida stol tennisi, volleybol musobaqalari tashkil etildi. G’olib bo‘lgan jamoalar deputat Z.Axmedov tomonidan taqdirlandi.

Tadbir yakunida Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputatlari hamda hokim yordamchilari ishtirokida deputatlik guruhi yig‘ilishi tashkil etildi. Deputatlik guruhi rahbari D.Valiyeva tomonidan asosiy vazifalar muhokama etilib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi. Deputatlar tomonidan Jar mahallasi katta magistral yo‘li “yashil makonda” archa hamda manzarali ko‘chatlar ekildi. Tadbir so‘ngida Qorasuv hamda Jar mahallasi hokim yordamchilari va mahalla yoshlar yetakchilari o‘z hoxishlariga ko‘ra partiya safiga qabul qilindilar.

  • Ko'rildi
    431
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+