Mahalliylashtirish — iqtisodiy rivojlanishning muhim omili

17.03.2022, 16:58

Mahalliylashtirish — iqtisodiy rivojlanishning muhim omili

Iqtisodiyotda amalga oshiriladigan tub tarkibiy o‘zgarishlarning muhim yo‘nalishlaridan biri import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish va rivojlantirish hisoblanadi. O’z navbatida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar chiqarish orqali Yurtimizda yangi korxonalar tashkil etilishiga va mavjud korxonalarni ish xajmi va daromadlarini hamda mahsulot sifatini oshishiga olib keladi. Kuni kecha Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirishni yanada kengaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ham ana shu jahatlarga e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda Davlatimiz rahbarining shu yil 24 yanvardagi qarori bilan 2022 yilga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish dasturi qabul qilinganligi va unga muvofiq, 2 ming 455 ta loyiha doirasida qariyb 37 trillion so‘mlik yangi mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilganligi ta’kidlanib, ushbu loyihalar ijrosi tanqidiy tahlil qilinib, ustuvor vazifalar belgilandi.

Prezidentimizning tashabbuslari bilan aholini uy-joy bilan ta’minlash va yangi quvvatlarni ishga tushurish maqsadida o‘tgan besh yilda qurilish sohasida misli ko‘rilmagan natijalarga erishildi. Bu borada Davlatimiz rahbarining qabul qilgan qaror va farmonlari hamda sohaga bergan etiborlari orqali ohirgi 2016-2021 yillarda 200 mingga yaqin uy-joy barpo etilganligi qurilish sohasi sonoat tarmoqlari orasida katta ulush olishini ko‘rsatadi. Shu munosabat bilan, majlisda bu boradagi geologiya zaxirasini kengaytirishga joriy yilda 1 milliard 800 million dollarlik 420 ta rejalashtirilgan loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish, qurilish materiallari eksporti hajmini oshirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.

Albatta qurilishi materilalarini ishlab chiqarish hajmini oshirish, bu sohada yangi quvvatlarni ishga tushurish, sohada raqobatni kuchaytiradi va mahsulot tan narxini tushushiga erishiladi. Bu esa o‘z navbatida qurilish ob’ektlarini o‘z vaqtida va sifatli bitishiga hamda narx-navoni pasayishiga olib keladi.

Muxtasar aytganda, Qurilish materiallari sanoatini yangi bosqichga olib chiqish bu davr talabidir. Jahon bozorida rivojlangan davlatlar mahsulotlari bilan raqobat muhitida O’zbekiston raqobat qila olishi joizdir. Ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va modernizatsiya qilish, O’zbekistonni jahon bozorlariga chiqish yo‘lida hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Biz deputatlar ham imkoniyatimiz va kuchimizni mazkur vazifalarni amalga oshirish yo‘lida safarbar etamiz.

Iftixor Ziyeyov,

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi o‘rinbosari,

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati

  • Ko'rildi
    532
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+