Deputat tashabbusi: Bektemirlik fuqaroga “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan yangi uy qurib berilmoqda

29.03.2022, 17:40

Deputat tashabbusi: Bektemirlik fuqaroga “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan yangi uy qurib berilmoqda

2021 yil oktabr oyida Bektemir tumani “Nurafshon” mahallasida istiqomat qiluvchi  kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaro, uch farzandli yolg‘iz ona F.Yuldosheva o‘zi yashab turgan uyi yaroqsiz holatda ekanligi sababli Xalq deputatlari Bektemir tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi G.Tuxtasinovaga yangi uy olishda amaliy yoradam so‘rab murojaat qilgan edi.

Deputat murojaat yuzasidan tegishli tartibda muammoni o‘rganib va amaliy harakati natijasida Xalq deputatlari Bektemir tuman Kengashi sessiyasida ko‘rib chiqildi hamda fuqaro F.Yuldoshevaga “Ayollar daftari” jamg‘armasidan yangi uy qurish uchun mablag‘ ajratildi.

Hozirda uy qurib bitirildi va ichki qismini ta’mirlash ishlari ketmoqda. Qurilish-ta’mirlash ishlarini o‘rganish maqsadida deputat G.Tuxtasinova va Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati F.Qalandarov tashrif buyurdilar. Deputatlar tomonidan kerakli tavsiyalar berildi.

  • Ko'rildi
    380
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+