Deputatlar poytaxtni toza ekologik hududga aylantirishda o‘z hissalarini qo‘shmoqda

05.04.2022, 13:40

Deputatlar poytaxtni toza ekologik hududga aylantirishda o‘z hissalarini qo‘shmoqda

Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida Toshkent shahrini aholiga qulay, ekologik toza va yashash uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo‘lgan hududga aylantirish, ko‘kalamzorlashtirish darajasini shu yili 15 foizga yetkazish maqsadi o‘rin olgan.

Ushbu tashabbusga partiya vakillari ham o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda. Ma’lumki, xalqimiz ma’naviyatida, qadriyatlarida boshqa xalqlar o‘rgansa va o‘z tajribasida qo‘llashga arziydigan ko‘pgina ibratli tajribalari mavjud. Masalan, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha  ko‘chat ekish, bog‘ yaratish kabi tadbirlar ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi.

Prezidentimizning ushbu umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslari tabiatni sevib, uning tozaligi va obodligiga befarq bo‘lmagan O’zLiDeP Olmazor tuman Kengashi faollari va partiya deputatlarini ham befarq qoldirmadi. Jumladan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O’zLiDeP Olmazor tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi rahbari Anvarjon Shermuratov hamda partiya va mahalla faollari "Qichqiriq" mahallasi hududida turli xildagi mevali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazishdi.

Shuningdek, deputatlar va partiya faollari mahallalarda yashil hududlarni ko‘paytirish g‘oyasini targ‘ib qilib, ko‘chat ekish bobida namuna va o‘rnak ko‘rsatmoqdalar. Ushbu aksiya Olmazor tumanidagi boshqa mahallalarda ham davom etmoqda.

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    618
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+