Faxriylar Kengashi a’zolari partiya targ‘ibotida faol ishtirok etyapti

05.04.2022, 13:43

Faxriylar Kengashi a’zolari partiya targ‘ibotida faol ishtirok etyapti

O‘zLiDeP Xonobod shahar Kengashi tashabbusi bilan “Mamlakat taraqqiyotida O‘zLiDePning o‘rni va roli” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Xonobod shahar markaziy kutubxonasida partiya faollari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari vakillari, faxriylar, deputatlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda partiya loyihalarining samaradorligi, partiya faollarini istiqbolli kadrlar zahirasiga kiritish, boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyatini jonlantirish, faxriylar kengashi bilan mahallalar o‘rtasidagi hamkorliklar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. Shuningdek, mamlakat taraqqiyotida amalga oshirilayotgan barcha islohotlarda O‘zLiDePning o‘rni va roli xususida aniq misollar va amaliy natijalar xususida ma’lumotlar berildi.

Davra suhbati mobaynida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va batafsil javoblar oldilar. Targ‘ibot tadbiri so‘ngida 15 nafar ishtirokchilar partiya safiga o‘tish istagini bildirdilar.

  • Ko'rildi
    393
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+