Qishloq oilaviy poliklinikada xotin-qizlar salomatligiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi

06.04.2022, 14:21

Qishloq oilaviy poliklinikada xotin-qizlar salomatligiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi

O`zLiDeP Paxtaobod tuman Kengashi tashabbusi bilan tumandagi 49- qishloq oilaviy poliklinikasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda “Shovruq”, “Ziyoli”, va “Pushmon” MFYda yashovchi bir guruh xotin-qizlar, partiya faollari, deputatlar, hokim yordamchilari va tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida bugungi kunda faoliyat olib borayotgan siyosiy partiyalar va ularning maqsadi, O‘zLiDePning g‘oya va tashabbuslari, bunda yoshlarning o‘rni, partiya tarafdorlari bo‘lgan xotin-qizlar va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va partiya loyihalarida ayollar hamda yoshlarning qo‘lga kiritayotgan yutuqlari, shuningdek, tibbiyot sohasidagi keng ko‘lamli islohotlar borasida ham so‘z yuritildi. Targ‘ibot tadbiri davomida aholi vakillari uchun tibbiy ko‘rik tashkillashtirildi.

- Bugun ayollar orasida ko‘p uchraydigan kasalliklardan qon bosimining ko‘tarilishi, qandli diabet va ko‘krak bezi saratoni kasalligidir, - deydi oliy toifali shifokor, xalq deputatlari tuman kengashi deputati Mo‘‘tabarxon Nabijonova. – Shu bois o‘tgan vaqt davomida ushbu kasallikning oldini olish borasida tizimli ishlar amalga oshirildi. Bugungi tadbir ham 65 nafardan ortiq xotin-qizlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga hamda ularga kerakli maslahatlar berishga imkoniyat yaratib berdi.

Tadbirda xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, ona va bola salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan bunday tadbirlarni tumanning  barcha mahallalarida o‘tkazishga kelishib olindi.

  • Ko'rildi
    720
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+