Deputat hokim yordamchilari bilan uchrashdi

06.04.2022, 14:31

Deputat hokim yordamchilari bilan uchrashdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O'zLiDeP fraksiyasi rahbari Sharapat O’temisov Qo‘ng‘irot tumanidagi mahallalarning hokim yordamchilari bilan uchrashdi.  

Ta’kidlash joizki, hokim yordamchilariga Prezidentimiz qaroriga  ko‘ra yangi vakolat berilgan. Ya’ni joriy yilning 1 apreldan mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan bo‘sh turgan davlat ob’ekti yoki yerlar aniqlanib, 2 000 kvadrat metrgacha ob’ektlar – hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron onlayn-auksionga chiqariladi.

 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar – “Yerelektron” tizimi orqali  yuborilgan  onlayn-buyurtmanoma 3 kunda tegishli idoralar tomonidan ko‘rib chiqiladi va ijobiy xulosa bo‘lganda, 2 haftada onlayn-auksionga chiqariladi.  

Vazirlik va idoralar, hokimliklarning, 3 oydan ko‘p foydalanilmasdan bo‘sh turgan ob’ektlar ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqariladi.

Uchrashuv davomida hokim yordamchilari bilan hamkorlikda ishlarni yanada jonlantirish maqsadida olib boriladigan  ishlar bo‘yicha ish-rejalar dasturi belgilab olindi.

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati  

  • Ko'rildi
    305
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+