Deputat tashabbusi bilan mahalladagi yo‘llar ta’mirlandi

14.04.2022, 14:37

Deputat tashabbusi bilan mahalladagi yo‘llar ta’mirlandi

Karmana tumani 19-Nodira saylov okrugida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga yangi saylangan deputat deputatlik faoliyatining birinchi kuniyoq mahalla obodonchiligiga e’tiborini qaratdi.

Tumanning "Yangiariq" mahallasidagi 674 metrlik Shoyim Nurov nomli ko‘chaning ta’mirtalabligi yangi deputatga saylovoldi uchrashuvlarda ma’lum qilingan edi. O’z saylovoldi dasturida ko‘zda tutilgan maqsadlarni amalga oshirishni boshladi.

Tadbirkorligi bilan tanilgan yangi deputat vaziyatni hisobga olgan holda   tezlik bilan aholi murojaatlarini o‘rgandi.

“Yangiariq”dan ko‘tarilgan ko‘cha yo‘llarni to‘g‘rilash masalasini birinchi bo‘lib hal qildi va o‘z hisobidan yo‘lning bor bo‘yiga shag‘al to‘ktirib, tekislattirdi. Yo‘l-yo‘lakay, mahalla hududidagi 7-sonli umumta’lim maktabi uchun yer ostidan nasos yordamida 250 kub miqdorida suv chiqartirib, 70 metrlik quvur vositasida maktab ekinzorlarini ko‘kalamlashtirish ishlarini tashkillashtirdi.

M.Pirnafasova,

O’zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi

jamoatchilik bilan aloqalar va

mafkuraviy ishlar bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    423
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+