Uyda o‘tirgan kosonlik ayollar uchun “mahorat darsi” o‘tkazildi

22.04.2022, 14:45

Uyda o‘tirgan kosonlik ayollar uchun “mahorat darsi” o‘tkazildi

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi "Ayollar qanoti" tomonidan deputatlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida Koson tumanidagi “Jizzalik” hamda “Yuqori Arabxona” mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi, uyda o‘tirgan, ishsiz ayollar uchun mahorat darslari tashkil etildi.

Tadbir “Namunali tomorqachi ayol - farovonlik bunyodkori!” loyihasi doirasida o‘tkazildi va unda Jizzalik qishlog‘ida yashovchi, tomorqachilikning hadisini olgan Dilfuza Boborajabova faoliyati uyda o‘tirgan, ishsiz ayollarga namuna sifatida ko‘rsatildi. Tomorqachi 3 sotix yerda issiqxona qurib, pomidor va bodring yetishtirib kelmoqda. Ochiq yerlarga kartoshka, piyoz hamda turli xil ziravor ko‘katlar ekilgan. Shuningdek, turli xil manzarali gullar, olma, anor, gilos, uzum, shaftoli, bodom kabi mevali daraxtlardan iborat bog‘ ham barpo etilgan. Dilfuza Boborajabova  tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha ayollarga batafsil tushuncha berdi.

Shundan so‘ng partiya faollari, deputatlar va xotin-qizlar “Yuqori Arabxona” MFYda yashovchi tomorqachi Nazira Boborajabovaning mo‘‘jazgina issiqxonasi bilan tanishdilar. 4 sotix joyda barpo etilgan issiqxona misoli jannatdek yashnab turibdi. Uchrashuvlar davomida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan xotin-qizlarga ilg‘or tomorqachilar hamda tajribali mutaxassislar tomonidan zarur tavsiya va foydali maslahatlar berildi.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    201
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+