Tomorqachilik va tadbirkorlikning sir-asrorlari maktab bitiruvchi qizlariga o‘rgatildi

22.04.2022, 15:15

Tomorqachilik va tadbirkorlikning sir-asrorlari maktab bitiruvchi qizlariga o‘rgatildi

Xotin-qizlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish masalalarida har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularda oila budjetiga hissa qo‘shish, daromadli kasb-kor egasi bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish maqsadida ko‘plab loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda.

O’zLiDeP Navoiy viloyati hududiy partiya tashkiloti Qiziltepa tumanidagi 1-sonli kasb-hunar kolleji bitiruvchi sinf qizlari uchun “Komila ayol jamiyatning baxtidir” shiori ostida tajribali tomorqachilar va tadbirkorlar bilan press tur tashkil etdi.

Ishtirokchilar dastlab Xo‘jaqurg‘on mahallasiga qariyb 20 yildan buyon raislik qilib kelayotgan Sh.Narziyev xonadonida bo‘lishdi. 24 sotixlik tomorqasiga ga 50 tup gilos, 30 tup olma, 20 tok, 20 tup anjir, 20 tup o‘rik, 8 tup limon va boshqa turdagi daraxtlar ekib hovlisini bog‘ qilgan mahalla raisi birgina anorning o‘zidan 1,5-2 tonna hosil olishini aytdi.

 Asli kasbi injener bo‘lishiga qaramay, yerga mehr qo‘ygan Sh. Narziyev qizlarga gullar va daraxtlarni qanday parvarishlashdan tortib, ularni payvandlashgacha bo‘lgan  sir-asrorlarini o‘rgatdi.

Shuningdek, bitiruvchi qizlar xuddi shu mahallada yashovchi I. Ochilov esa 18 sotixlik tomorqasida 80 tup anorning qorapuchoq va surxon navlarini yetishtirib, shuni yoniga 16 quti asalari oilasini boqayotganini va yaxshigina daromad ko‘rib kelayotganing guvohi bo‘lishdi.

Shundan so‘ng press tur mahalladagi “Asal shifo” fermer xo‘jaligida davom etdi. Qariyb chorak asrdan buyon asalarichilik bilan shug‘ullanib kelayotgan yarashevlar xonadonida ayni paytda 1000 dan ziyod asalari oilasi boqilmoqda ekan.

-Besh kishi ishlaymiz. Har yili 6 tonnagacha asal olamiz. Asalarining karpat, bakfast va karnika turlarini boqib kelamiz. Asaldan tashqari uning oilalarini ham sotamiz. 1 quti asalari oilasini 1 yarim 2 milliongacha sotamiz. Bu ham daromadimizga qo‘shilib boradi, - deydi xonadon egasi.

Mahalla faollari, tadbirkorlar, tomorqa yer egalari va mustaqil hayotga endigina qadam qo‘yayotgan bitiruvchi qizlar ishtirokida o‘tkazilgan press turda “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida xonadonlarda tashkil etilgan tadbirkorlik turlari, issiqxona va tomorqadan foydalanish ilmi, asalarichilik, bog‘dorchilik, parrandachilik kabi tadbirkorlik turlari o‘rganildi.

M.Pirnafasova,

O’zLiDeP Navoiy viloyati kengashi

jamoatchilik bilan aloqalar va

mafkuraviy ishlar bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    542
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+