Mahalla ayollari uchun bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

25.04.2022, 15:07

Mahalla ayollari uchun bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

O’zLiDeP Vobkent tuman Kengashi “Ayollar qanoti” va “Sog‘lom avlod uchun” XXJF viloyat bo‘limi tashabbusi bilan “Sog‘lom oila mustahkam oila” loyihasi doirasida «Kumushkent» oilaviy poliklinikasida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad xotin-qizlarning tibbiy savodxonligini oshirish,onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, sog‘lom millat genofondini asrashga ko‘maklashish, har tomonlama sog‘lom avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish va yuqori bosqichga ko‘tarish, ularninng ijtimoiy-siyosiy va tibbiy madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir.

Tadbir davomida “Temir”, “Ayollar” daftarida ruyxatda turganlar 50 nafarga yaqin xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, terapevt, lor, ko‘z, UZI va boshqa xastaliklarni davolovchi malakali shifokorlar qabulida bo‘lib, o‘zlari uchun tegishli maslahat hamda tavsiyalarni, tibbiy muolajalarni oldilar. Shu bilan birga ularga 9 mln.ga yakin 7 turdagi dori-darmonlar tarqatildi.

  • Ko'rildi
    445
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+