Andijon davlat universiteti bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
28.04.2022, 16:10

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi Tashkiliy-partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan Andijon davlat universitetida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etdi.
Tadbirda yangilanib borayotgan O’zbekistonda siyosiy partiyalar o‘rtasidagi raqobat kuchayib borayotgani, shuningdek partiyaning markaziy, hududiy va tuman (shahar) Kengashlariga ishga qabul qilish uchun siyosiy jihatdan yetuk, kadrlarni tanlash hamda ularni joy-joyiga qo‘yish ishlarini yanada takomillashtirish, zamonaviy fikrlaydigan yosh kadrlarni partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasiga tavsiya etish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
– Kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning malakasini oshirish, partiyaning munosib faollarini davlat xizmatlariga tavsiya etish ishlari har doim ham talab darajasida tashkil etilmagan, – deydi O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tashkiliy, partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Shuhrat Turg‘unov. –Siyosiy partiyalarga kadrlar qayerdan kelmoqda, ularning bilimi, saviyasi, tajribasi, jamoatchilik o‘rtasidagi obro‘si xususida keng va batafsil o‘rganishimiz zarur. Partiyalar safini bilimli, tashkilotchi va vatanparvar yosh kadrlar bilan to‘ldirishimiz lozim. Kadrlar avval siyosiy partiya ishida toblanishi, shundan so‘ng davlat organlari va hokimliklar tizimidagi lavozimlarga tayinlanishi kerak.
Tadbirda siyosiy jarayonlarga qiziqishi baland bo‘lgan 15 nafardan ortiq yoshlar istiqbolli kadrlar zahirasiga olindi.
Shuhratbek Turg‘unov,
O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi
Tashkiliy-partiyaviy va istiqbolli
kadrlar bilan ishlash bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
“Konstitutsiyaviy islohotlarda yoshlarning o‘rni” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi
24.06.2022, 17:07
-
Yoshlarning huquq va burchlarini konstitutsiyaviy darajada aks ettirish lozim
20.06.2022, 18:10
-
Tadbirkorligini boshlash istagida bo‘lgan 35 nafar gurlanlik yoshlar yirik ishlab chiqarish korxonalar faoliyati bilan tanishdi
20.06.2022, 16:34
-
Yoshlar konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida eng faol kuch
15.06.2022, 13:19
-
Konstitutsiyamizni takomillashtirish borasida jizzaxlik talaba yoshlarning ham o‘z takliflari bor
15.06.2022, 13:17
Fikringizni qoldiring