O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” vakillari yakka tadbirkor chevarchi faoliyati bilan tanishdi

28.04.2022, 16:37

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” vakillari yakka tadbirkor chevarchi faoliyati bilan tanishdi

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi vakillari Sayhunobod tumani Shodlik mahallasidagi yakka tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Har bir ayol qisman tikuvchi, pazanda va hamshira bo‘lishi lozim. Zero, ayol ro‘zg‘orni obod qiluvchidir. Mahallalardagi ishsiz ayollarning kasb-hunarli bo‘lishi uchun imkoniyatlar yaratilayotgani ham tadbirli ayollarning safini kengaytirayapti.

Shodlik mahallasidagi chevar Nargiza Abdullayevani tanimagan xotin-qiz yo‘q. Chunki Nargiza chevarchilikni boshlaganiga ko‘p bo‘ldi, O’ziga yarasha mijozlari ham talaygina. Axir kim ham bejirim, yarashiqli kiyim tikadigan tikuvchini qidirmaydi, deysiz.Nargiza ikkita shogirdini yoniga olib, mustaqil ish boshladi.

Partiya vakillari tadbirkor bilan suhbatda 15 mln. so‘m subsidiya ajratilsa yana 2 ta ish o‘rni yaratish imkoni bo‘lishini aytdi.

Ushbu murojaat partiya deputatlari orqali hal etiladigan bo‘ldi.

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    483
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+