Ishchi guruh faoliyati: Chekka aholi maskanlarida mobil aloqa sifatini yaxshilash borasida qilinayotgan ishlar tahlil qilindi

05.05.2022, 17:08

Ishchi guruh faoliyati: Chekka aholi maskanlarida mobil aloqa sifatini yaxshilash borasida qilinayotgan ishlar tahlil qilindi

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida barcha sohalar qatori Raqamli iqtisodiyotni "drayver" sohaga aylantirish borasida ham vazifalar belgilab berilgan. Bu borada O'zLiDeP vakillari va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlardan tarkib topgan ishchi guruh a’zolari Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturida belgilangan maqsadlar va vazifalarning ijro etilishi holatini o‘rganyapti, ushbu yo‘nalishda hududda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning axboritini eshitmoqda.

Xalq deputatlari Beshariq tuman kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida Raqamli iqtisodiyotni asosiy "drayver" sohaga aylantirish, chekka aholi maskanlarida mobil aloqa sifatini yaxshilash maqsadida tayanch stansiyalar o‘rnatilish holati yuzasidan Beshariq telekommunikatsiya bog‘lamasi mas’ullarning hisoboti tinglandi.

Hisobotga ko‘ra, “Raqamli O’zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida “O’zbektelekom” AK Farg‘ona filiali Beshariq telekommunikatsiya bog‘lamasi  tomonidan tuman markazidagi Mustaqillik maydoniga 2 dona Wi-Fi hudud  nuqtalari tashkil etilib, optik tolali aloqa liniyasini yotqizish va sozlash ishlari amalga oshirildi.

Bundan tashqari Axborot telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida tuman markazida zamonaviy IT-markaz tashkil qilinib, 4 ta yunalish buyicha faoliyat olib boryapti.

Shuningdek, Beshariq tumanida “Xavfsiz shahar” jamoat yo‘l harakatini taminlash  maqsadida “Namuna” MFY Nabi qishlog‘ida “Atlas” kompaniyasi bilan hamkorlikda jami 1350 metr optik tolali aloqa kabellari tortilgan. Tumandagi mavjud 4 ta Turizm va sport vazirligiga qarashli sport-ta’lim muassasalariga optik tolali aloqa liniyasi tashkil etilib, yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulandi.

Eng muhimi “Obod qishloq”, “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida, sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim, maktab va boshqa tashkilotlar uchun ham ushbu yo‘nalishda ishlar amalga oshirilmoqda.

Deputatlar mazkur yo‘nalishda qilingan ishlarni tahlil qilar ekan, tumanda hali qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘pligi, bu borada kamchiliklar yetarli ekanligini alohida ta’kidlab o‘tishdi.

Sharaf Azbergenov,

O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi

tarkibidagi ishchi guruh a’zosi

  • Ko'rildi
    462
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+