Sel oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar deputat nazoratiga olindi

07.05.2022, 14:48

Sel oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar deputat nazoratiga olindi

Zomin tumanining tog‘li hududlarida kuzatilgan yog‘ingarchilik natijasida tumanning Pshag‘or, Achchi va Sho‘rcha qishloqlaridan o‘tgan soylardan kuchli sel keldi. Hodisa oqibatida sel suvlari “Jizzax — Zomin” avtomobil yo‘li ostida o‘rnatilgan quvurlarga sig‘masdan, ushbu yo‘lning 25, 26, 27-kilometrlari ustidan toshib o‘tgan.

Tabiiy ofat oqibatida aholi xonadonlariga, qishloqlar infrastrukturasiga anchagina ziyon yetkazilgan. Ayni paytda sel oqibatlarini bartaraf etish maqsadida mahalliy hokimiyat va tegishli tashkilotlar tomonidan kerakli tezkor tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Erkin Xolmatov boshchiligidagi bir guruh partiya faollari ham seldan zarar ko‘rgan qishloqlarda bo‘lib, aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga harakat qilmoqdalar. Keltirilgan zarar aniqlanmoqda.

Ayni paytda sel oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlar deputatlik nazoratiga olingan.

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    506
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+