“Deputat va yoshlar” uchrashuvida talabalarning 15 ga yaqin murojaatlari nazoratga olindi

10.05.2022, 16:08

“Deputat va yoshlar” uchrashuvida talabalarning 15 ga yaqin murojaatlari nazoratga olindi

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tomonidan Jizzax Politexnika instituti Sanoat tehnologiyalari fakultetida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Feruza Nigmatova, O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi xodimlari, institut o‘qituvchi va professorlari va talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv doirasida bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning ta’lim olishlari, o‘z iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun qaratilayotgan e’tibor to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda 15 nafar talabalar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatiga turli xil masalalar bilan murojaat qilishdi. Talalabalar tomonidan ko‘plab jo‘yali taklif va mulohazalar ham o‘rtaga tashlandi.

Misol uchun, Jizzax Politexnika instituti Sanoat texnologiyalari fakulteti 1- kurs talabasi Dilshoda Hakimova Jizzax shahar “Ishga marhamat” Monomarkazida qo‘shimcha kasb-hunarga o‘qishlari uchun talabalarga alohida imkoniyatlar yaratish taklifini berib o‘tdi.

Yana bir talaba Yulduz Ravshanova esa har bir Oliy ta’lim muasassalarida huquqiy ta’lim darslarini yo‘lga qo‘yish taklifini o‘rtaga tashladi.

Sanjar Azizov esa uzoqdan qatnab ta’lim olayotgan talabalar uchun avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi to‘g‘risida murojaat qildi.

Institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Jafar Shamsiyev Oliygoh Sanoat texnologiyalari fakulteti binosi oldidagi avtomobil yo‘liga piyodalar yo‘lakchasi va yo‘l belgilari yo‘qligi sababli talaba yoshlar xavfsizligi to‘liq ta’minlanmayotganligini aytib o‘tdi.

Uchrashuv davomida talabalarning barcha savollariga batafsil javoblar qaytarildi. Taklif va mulohazalar umumlashtirildi. Talabalar tomonidan qilingan barcha murojaatlar deputat nazoratiga olinadigan bo‘ldi. Yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Shamsiyev Jafar Jizzax Politexnika instituti Sanoat tehnologiyalari fakulteti binosi oldidagi avtomobil yo‘liga piyodalar yo‘lakchasi va yo‘l belgilari yo‘qligi sababli talaba yoshlar xavfsizligi to‘liq ta’minlanmayotganligini aytib o‘tdi.

Xolbek ASATOV,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuilmalari

bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    479
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+