Deputat va saylovchilar o‘rtasidagi jonli muloqotda bildirilgan muammolar joyida yechim topdi

11.05.2022, 15:21

Deputat va saylovchilar o‘rtasidagi jonli muloqotda bildirilgan muammolar joyida yechim topdi

Jomboy tumani 16-“Halvoyi” saylov okrugidan viloyat Kengashiga saylangan deputat Haydar O’roqovning “No‘sh”, “Jurriyat” mahallalarida bo‘lib o‘tgan saylovchilar bilan uchrashuvlarida tuman hokimligi mutasaddilari, mahalla faollari ishtirok etishdi.

H.O’roqov uchrashuvlar davomida, yurtimizda olib borilayotgan islohotlarga to‘xtalar ekan, aholini bevosita mamlakatimiz hayotidagi muhim voqealar, davlat va hududiy dasturlarning ijrosi bilan yaqindan tanishtirib o‘tdi.

Deputatlarning saylovchilar bilan jonli muloqotida o‘rtaga tashlangan masalalar o‘z joyida hal etildi. Muddat talab etiladigan murojaatlar esa nazoratga olinib, tegishli huquqiy maslahat va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, uchrashuvlar davomida deputat “No‘sh” mahallasidagi mehnat faxriysi Barot Nodirov, “Naymantepa” maxallasidagi nuroniy, xoji bobo Erkin Omonovlar holidan xabar olib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi. Faxriylar yurtimizdagi islohatlardan roziligini aytib, yurtimiz tinchligi uchun duolar qilishdi.

Pastdarg‘om tumanidagi 46 - “Po‘latchi” saylov okrugidan viloyat Kengashiga saylangan deputat Qosim Qarshiyev tumanning “Qatorterak” mahallasida bo‘lib saylovchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mahallada toza ichimlik suvi, elektorat manfaatlari va tadbirkorlik bilan bog‘liq muammolar, ichki yo‘llarni ta’mirlash, kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, shu bilan birga hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan taklif va mulohazalar muhokama etildi.

Ko‘tarilgan ushbu masalalar deputat nazoratiga olindi

Jahongir Xo‘jamqulov,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    393
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+