Tadbirkorning yana bir rejasi amalga oshdi

23.05.2022, 15:37

Tadbirkorning yana bir rejasi amalga oshdi

O’zLiDeP Buxoro viloyat va Vobkent tuman Kengashi vakillari «Namunali tomorqachi ayol – farovonlik bunyodkori!»  loyihasi doirasida tumandagi «Xayruhush» MFY da yashovchi Inobat Xakimova xonadonida bo‘lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 

 2012 yil tadbirkorligini issiqxona yo‘nalishida boshlab 2021 yilda 33 mln. so‘mlik imtiyozli kredit bilan faoliyatini kengaytirgan ishbilarmon ayol I.Xakimova 19 nafar xotin-qizlarni doimiy ish bilan ta’minlagan. Pamidor yetishtirishga moslashtirilgan 10 sotixdan iborat issiqxonada bodring, kartoshka, bulg‘or qalampiri, baqlajon va turli xil ko‘katlar ham yetishtiriladi hamda har yili 80-90 mln so‘m daromad oladi. Bundan tashqari I.Xakimova xonadonida 300 tup tok ko‘chatlari har yili 3-3,5 tonna xosil beradi.

- Kelajakdagi uy- rejalarim bisyor. MFYda o‘quv markazi tashkil etish hamda tadbirkorlikka qiziquvchi ayollarni o‘zlari tanlagan sohalari bo‘yicha o‘qitib, ularning bandligini ta’minlashdan iboratdir, - deydi tashabbuskor tadbirkor ayol I. Hakimova.

Deputatlar I.Hakimovaning tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, shu kunning o‘zida mahalladagi  «Temir daftari» va «Ayollar daftari» dagi tadbirkorlikka qiziqishi bo‘lgan opa-singillarimizga mahorat darsini tashkillashtirishda ko‘maklashishdi.

  • Ko'rildi
    387
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+