“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida qoraqalpog‘istonlik talaba yoshlar bilan muloqot qilindi

23.05.2022, 15:43

“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida qoraqalpog‘istonlik talaba yoshlar bilan muloqot qilindi

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi  Kengashi tomonidan ”Yangi avlod kadrlari” loyihasining navbatdagisi O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida  tashkil qilindi.

Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda keyingi yillari yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, partiya dasturi, unda yoshlarga berilgan imkoniyatlar, xususan, “Yangi  avlod kadrlari” loyihasining mazmun-mohiyati,  partiyaning yoshlarga yaratayotgan imkoniyatlari, a’zo bo‘lish tartiblari, zahira kadrlarni shakllantirish va ularni siyosiy bilimlarini oshirish, biznes ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘qitish bo‘yicha ham batafsil ma’lumotlar berildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026 yilllarga mo‘ljallangan 7 ustuvor yo‘nalish va 100 maqsadni o‘z ichiga olgan  “Taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda yoshlarning o‘rni va roli alohida ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi.

 Bundan tashqari “Yoshlar  qanoti” jamoatchilik Kengashlari faoliyati hamda partiyaning yoshlar yo‘nalishi bo‘yicha o‘ndan ortiq loyihalariga to‘xtab o‘tildi.

Taqdimot yakunida talabalar partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritildi. Qolaversa eng faol yoshlarga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

O’zLiDeP  Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    303
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+