Urgut tumanidagi 79 nafar hokim yordamchilari partiya safiga qo‘shildi

23.05.2022, 16:05

Urgut tumanidagi 79 nafar hokim yordamchilari partiya safiga qo‘shildi

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan Urgut tumanidagi mahallalar hokim yordamchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlar manfaatini himoya qilish O’zLiDePning birlamchi vazifalaridan ekanligi ta’kidlandi. Bu borada mahallalardagi hokim yordamchilarining hamda partiyaning maqsadi mushtarak ekanligi e’tirof etilib, joylarda aholini tadbirkorlikka jalb etish orqali daromadini oshirish hamda bandligini ta’minlash borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mahallalrdagi ijtimoiy muammolarni birgalikda hal etish kabi masalalar muhokama qilindi.

Urgut tumanida 117 ta mahallalarda hokim yordamchilari faoliyat yuritib kelmoqda. O’zaro hamkorlikka qaratilgan tadbir doirasida tuman mahallalaridagi 79 nafar hokim yordamchilari O’zLiDeP a’zoligiga qabul qilinib, ularga partiyaning a’zolik guvohnomalari topshirildi.

  • Ko'rildi
    632
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+