Yoshlar ishtirokida “Mustahkam oila – jamiyat tayanchidir” deb nomlangan ochiq muloqot tashkil etildi

24.05.2022, 14:45

Yoshlar ishtirokida “Mustahkam oila – jamiyat tayanchidir” deb nomlangan ochiq muloqot tashkil etildi

O’zLiDeP Jizzax shahar Kengashi tashabbusi bilan Jizzax Davlat Pedagogika Instituti qoshidagi Akademik litseyda “Soglom oila –mustaxkam oila” loyihasi doirasida yosh kizlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qaratilgan “Mustahkam oila – jamiyat tayanchidir” deb nomlangan ochiq muloqot tashkil etildi.

Xalq deputati Jizzax shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya faollari va bir guruh mutaxassislar, Akademik litseyda joylashgan “Sayiljoy” mahallasida istiqomat qiluvchi ota-onalar hamda talabalar qatnashgan mazkur tadbirda yaqin qarindoshlar va erta turmush qurishning salbiy oqibatlari, tibbiy ko‘riklarning ahamiyati, mamlakatimizda yosh oilalarga berilayotgan e’tibor, shuningdek, o‘zbek qizlarining asrlar davomida jilo topgan milliy qadriyatlarimizni ulug‘lashlariga qo‘shayotgan hissalari, kiyinish madaniyati haqida batafsil so‘z yuritildi.

Tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytarildi.

Dilnoza Qosimova,

O’zLiDeP Jizzax shahar Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    271
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+